Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyuldagi tegishli qarori bilan
“Taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi
Nizom tasdiqlandi.
➖ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
🔹 Nizomga koʻra, taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblariga quyidagi yoʻllanmalar taqdim etiladi:
➖ respublika darajasida – respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga Oʻzbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat;
➖ viloyat darajasida – hududiy bosqichda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat.
🔹 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yoʻllanmaga ega boʻlgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
👉 Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlar kiritiladi:
➖ transport xizmati;
➖ yashash va ovqatlantirish;
➖ ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi);
➖ sayohat sugʻurtasi.