Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarini pedagogika sohasida magistraturaga oʻqishga maqsadli qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
👉 Unga koʻra:
➖ umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan hamda oliy malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy taʼlim shaklida oʻqitish tizimi joriy etiladi.
👉 Bunda:
➖ oʻqish jarayonlari ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi;
➖ pedagoglar maqsadli magistraturani tugatgandan keyin uch yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi;
➖ maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida oliy toifali oʻqituvchilarni maqsadli magistraturada oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
❗️
Bu muhim:oliy toifali oʻqituvchilar ushbu qarorga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qarorida belgilangan toʻlov-kontrakt summasini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish shartlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.