O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilxom Siradjev hamda Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Valid Fuk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar va dasturlar baholandi.
Oʻz navbatida Fransiya elchisi ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini taʼkidlab, Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitish borasida olib borilayotgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan:
➡️maktablarda fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish;
➡️ta’lim jarayoniga til egalarini jalb etish;
➡️”Kelajak” markazlarida fransuz tili to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish;
➡️qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish;
➡️kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or tajribalarni joriy etish.