Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-апрель 2026, 00:14
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Yangi O‘zbekiston” universitetining Yangi Toshkentdagi kampusida bo‘lib, bino loyihasi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi


Kecha Bavariya federal o‘lkasi Yevropa va xalqaro ishlar bo‘yicha davlat kotibi Erik Baysvenger boshchiligidagi delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetining Yangi Toshkentdagi kampusida bo‘lib, bino loyihasi va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti mas’ullari ishtirok etdi. 

Jarayonlar davomida universitetning yangi kampusi, zamonaviy infratuzilmasi hamda Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik yo‘nalishlari taqdimot qilindi. 

➖ Shuningdek, ikki tomonlama muloqot doirasida O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan Bavariya federal o‘lkasi bilan akademik aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari alohida ta’kidlandi.