Dastlab vazir Fransiyaning nufuzli nashriyoti “Hachette Livre” vakili – kengash aʼzosi Seliya Rozentraub bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Unda 2027–2030-yillarga moʻljallangan darsliklarni mahalliy xususiyatlariga moslashtirish yuzasidan ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Shuningdek, kelgusida adabiyotlarni ishlab chiqarishda vazirlik tizimidagi nashriyotlar bilan hamkorlik qilish, fransuz tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish yoʻnalishlaridagi ishlar belgilab olindi.
➖ Vazir E’zoza Karimova “Kokoro Lingua” kompaniyasi asoschisi Natali Lasselin bilan uchrashdi.
Muloqotda hamkorlikdagi dastur jarayonini monitoring qilish, bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari uchun yangi dastur ishlab chiqish, tarbiyachilarni sertifikatlash mexanizmi hamda “Kelajak” markazlarida fransuz tili toʻgaraklarini pilot tarzda yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.