Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-февраль 2026, 10:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Poytaxt oʻquvchilarining ingliz tilini bilish koʻnikmalari baholandi


Bugun poytaxtimizdagi 88-umumtaʼlim maktabida Toshkent shahridagi Yunusobod, Yashnobod hamda Mirzo Ulugʻbek tumanlarining qator maktab oʻquvchilari ishtirokida ingliz tilida munozara tadbiri tashkil etildi.
“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchilar til bilish, tinglash va tushunish qobiliyati, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash madaniyati boʻyicha oʻz iqtidorlarlarini namoyish etishdi.
Tadbir soʻnggida Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchi guruhlarning o‘z fikrlarini ravon va aniq bayon etish malakasi baholanib, oʻquvchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.