Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-декабрь 2025, 22:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda 11 A - sinfida direktor soati bo‘lib o‘tdi

Bugun 11-“A” sinf o‘quvchilari bilan navbatdagi direktor soati tashkil qilindi. Tadbir davomida direktorimiz Kadirova Latofat Ta’latovna o‘quvchilar bilan samimiy suhbat olib borib, ularning kelajakdagi rejalari va shu vaqtgacha erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, Latofat Ta’latovna oliy ta’limga kirish bo‘yicha muhim maslahatlar berib, o‘quvchilarni yanada intiluvchan, maqsadli va bilimga chanqoq bo‘lishga undadilar.
Darsdan tashqari bunday uchrashuvlar o'quvchilar uchun motivatsiya manbai bo‘lib, kelajak sari dadil qadam tashlashlariga yordam beradi.